Bir ixtiro tarixi

Katta va gigant ventral churralarni tortiqsiz plastika qilish: IAP 8449-son ixtiro patenti qanday tug‘ildi

bir kun tarixi

Katta va gigant ventral churralarni tortiqsiz plastika qilish: IAP 8449-son ixtiro patenti qanday tug‘ildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining «Bir ixtiro tarixi» ruknida bugun O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan IAP 8449-son ixtiro patenti haqida hikoya qilamiz. Ixtiro «Qorin old devorining katta va gigant ventral churralari uchun tortiqsiz gernioalloplastika usuli» deb nomlanadi. Bu rasmiy nom ortida abdominal jarrohlikning eng murakkab muammolaridan biri, klinik tajriba va jamoaviy mehnat turadi.

Katta va gigant ventral churralar — murakkab muammo

Ixtiro tavsifida qayd etilganidek, qorin old devorining katta va gigant ventral churralari abdominal jarrohlikdagi eng murakkab toifalardan biri bo‘lib, gernioplastika usulini tabaqalashtirilgan holda tanlashni talab qiladi. Churra nuqsonining katta o‘lchami, to‘qimalardagi yaqqol chandiqli-distrofik o‘zgarishlar, ko‘pincha semizlik va hamroh somatik kasalliklar bilan birga kechishi, shuningdek «domen yo‘qotilishi» fenomeni qorin ichi bosimining oshishi va o‘ziga xos operatsiyadan keyingi asoratlar uchun sharoit yaratadi.

Tavsifda keltirilgan adabiyot ma’lumotlariga ko‘ra, ventral churralar jarrohligida yara asoratlari 20,9–49,2 foizgacha yetishi mumkin. Noto‘g‘ri bajarilgan operatsiya bemorlarning 72 foizida, odatda, birinchi yildayoq residivga olib keladi, ayrim toifadagi bemorlarda esa o‘lim ko‘rsatkichi 12,5 foizga yetadi. Churra residivi 40 foiz bemorda hayot sifatini pasaytiradi, operatsiya qilinganlarning 30–40 foizida plastika sohasidagi og‘riq tufayli hayot sifati yomonlashadi. Residiv churralardagi takroriy operatsiyalar esa birlamchi operatsiyalarga qaraganda texnik jihatdan ancha murakkab.

Savol amaliyotdan tug‘ildi

Mualliflar mavjud usullarni tahlil qildi. Ramirez va hammualliflar taklif etgan «komponentlarni ajratish» (components separation) usuli teri-yog‘ laxtaklarini keng ajratishni talab qiladi, bunda perforant tomirlar shikastlanadi va seroma, infeksiya, teri ishemiyasi hamda nekrozi xavfi ortadi. «Sublay Bridge» usulida teri osti yog‘ kletchatkasining ajratilishi va uning to‘r bilan keng tutashuvi tufayli mahalliy asoratlar ko‘p uchraydi. Toskin–Jebrovskiy usulida esa to‘rsimon implantatning nofiziologik joylashuvi, uning qisqarishi va aponevroz chetidan uzilishi, residivlar qayd etilgan.

DAVOMI——>👈🏻👈🏻👈🏻👈🏻