“АУОL BAXTLI BO’LSA, JAMIYAT BAXTLI BO’LADI “
09.06.2022 2022-06-09 9:51“АУОL BAXTLI BO’LSA, JAMIYAT BAXTLI BO’LADI “
Yurtimizda xotin-qizlarga e`tibor, davlat siyosati darjasiga ko`tarilgani barchamizga ma`lum. Yurtboshimiz bu borada: ”… ayollarning jamiyatdagi o‘rnini, O‘zbekiston erishayotgan yutuqlardagi beqiyos hissasini hech narsa bilan o‘lchab bo‘lmaydi.” Xotin-qizlarimizning ma’naviy -ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy islohotlardagi faol ishtiroki bilan jamiyatda o’z o’rnini topishga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, bugun qaysi sohaga qaramang xotin-qizlarning nufuzi tobora ortmoqda.
Ayol — oila va jamiyat ustuni, hayotimizning fayzi va ko’rki. Ayollar bilan hayotimiz go’zal va mazmunli, xonadonlarimiz obod va nurafshondir. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning esa buguni va ertasi farovon. Chunki ayol mehnati bilan jamiyat to’laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Darhaqiqat, keyingi yillarda mamlakatimizda xotin-qizlarning huquq-manfaatlarini, gender tenglikni ta’minlash, oila, onalik va bolalikni himoya qilish, ayollar o’rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish, ular uchun yangi ish o’rinlari yaratish, mehnat va turmush sharoitlarini yaxshilash davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylandi.
Buxoro davlat tibbiyot instituti Pediatriya fakulteti 1-kurs 131-133-guruh talaba qizlari va institut xotin qizlar maslahati kengashi raisi G.N.Qurbonova ishtirokida “Ауоl baxtli bo’lsa, jamiyat baxtli bo’ladi ” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi, Xotin-qizlar hamisha davlat e’tiborida, e’zoz-u ardog’da. Chunki ayol o’zini baxtli his qilsa, jamiyat baxtli bo’ladi, oilada ma’naviy muhit barqarorligi ta`minlanadi.
Suhbatda kiyinish madaniyati, odob -axloq,ibo-hayo, jamiyatda xotin-qizlarning o’rni, hozirgi vaqtda talaba qizlarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida suhbat bo’lib o’tdi. Talaba qizlarimiz o’zlarining qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Tadbir qiziqarli o`tdi.