BuxDTI matbuot xizmati

Buxoro davlat tibbiyot instituti yana bir xalqaro universitet bilan hamkorlik o‘rnatdi

13dbe14700edb70dac5ed

Buxoro davlat tibbiyot instituti yana bir xalqaro universitet bilan hamkorlik o‘rnatdi

BuxDTI ayni paytda mamlakatimizdagi OTMlar ichida xalqaro oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilish borasida yetakchi o‘rinda turadi. Institut ayni paytda 50ga yaqin xalqaro tashkilotlar bilan imzolangan memoriandum va shartnomalar bilan ishlamoqda. Shu kunlarda Rossiya Federatsiyasida o‘tkazilayotgan xalqaro ilmiy anjumanda ishtirok etayotgan institut rektori Shuhrat Teshaev Rossiya Federatsiyasining Immanuil Kant nomidagi Boltiq federal universiteti rahbariyati, jumladan universitet rektori professor Aleksandr Aleksandrovich Fedorov, prorektorlar va boshqa vakillari bilan uchrashib muzokara olib bordi. 

Muloqot jarayonida ikki tomonlama hamkorlik shartnomasi imzolandi.  Unga ko‘ra, endilikda Buxoro tibbiyot instituti va Boltiq Federal universiteti o‘rtasida akademik mobillik, qo‘shma ta’lim dasturlari va boshqa bir qator muhim masalalarda aloqalar olib boriladi.

Eng asosiysi, keliishuvlarga ko‘ra, endilikda bu ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida ilmiy-innovatsion loyihalarni amalga oshirishda hamjihatlikda ish olib borishadi. Bu esa, o‘zbekistonlik tadqiqotchilarga xam Rossiya Federatsiyasidagi yirik ilmiy laboratoriyada malaka oshirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.