O‘quvchilar va talabalar uchun «Zakovat» stipendiyasi.
13.04.2022 2022-04-14 7:46O‘quvchilar va talabalar uchun «Zakovat» stipendiyasi.
⚡️O‘quvchilar va talabalar uchun «Zakovat» stipendiyasini berish tartibi tasdiqlandi
🔰2022-2023 o‘quv yilidan boshlab «Zakovat» intellektual o‘yini va boshqa intellektual o‘yinlarning respublika bosqichida g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoa a’zolari uchun yil davomida har oy «Zakovat» stipendiyasi beriladi.
➡️«Zakovat» stipendiyasi intellektual
o‘yinlarning respublika bosqichida quyidagicha taqsimlanadi:
✅ 1-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 5 baravari miqdorida (hozirda 1 350 000 so‘m);
✅ 2-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 4 baravari miqdorida (hozirda 1 080 000 so‘m);
✅ 3-o‘rinni olgan o‘quvchi-yoshlar va talabalarga BHMning 3 baravari miqdorida (hozirda 810 000 so‘m) belgilanadi va yil davomida har oy to‘lab beriladi.