BuxDTI matbuot xizmati

⚡️⚡️Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi.

photo_2022-12-21_10-40-40

⚡️⚡️Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2023 yil «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim» yili deb e’lon qilindi.

Tahlillar ko‘rsatganidek, yurtdoshlarimiz:

– maktab, bog‘cha va shifoxonalar ko‘payishini, ta’lim va tibbiyot sifati oshirilishini;

– mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolari hal qilinishini;

– ish o‘rinlari ko‘payishi, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratilishini;

– adolat ta’minlanishi, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiya yo‘q bo‘lishini kutmoqda.

“Ko‘tarilgan masalalar aniq va o‘rinlidir. Qanchalik qiyin bo‘lmasin, biz bu muammolarni yechishimiz shart.

Hech kim chetdan kelib, bularni hal qilib bermaydi. Odamlarimizning tashabbusi, shijoati va salohiyatini ishga solish uchun barcha sharoitlarni yaratish asosiy vazifamiz bo‘lishi kerak”, – dedi Prezident.

«Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytiriladi»

«Kelgusi yilda oliygohlar uchun imtiyozli ta’lim kreditlariga resurslar 2 barobar ko‘paytirilib, 1,7 trillion so‘m ajratiladi.

Bu yil ilm-fan va innovatsiyalarga 1,5 trillion so‘m yo‘naltirildi. Bu – 2017 yilga nisbatan qariyb 6 barobar ko‘p, degani.

Olimlarning ish haqi ham, 4,5 barobarga oshirildi.

Bularning hisobiga, nano- va bio-texnologiyalar, raqamli geologiya kabi 18 ta yangi ilmiy yo‘nalish tashkil etildi.

Kelasi yili ilm-fan va innovatsiyalarga 1,8 trillion so‘m ajratiladi.

Endi, olimlarimiz suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligi va hosildorlik, geologiya, sanoat, qurilish kabi bugungi kunda biz uchun dolzarb yo‘nalishlarda aniq natijalar ko‘rsatishlari kerak», — Shavkat Mirziyoyev.