⚡️🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi bo’lib o’tdi
07.02.2025 2025-02-08 9:30⚡️🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi bo’lib o’tdi

⚡️🏛Buxoro davlat tibbiyot institutida Navoiyxonlik kechasi bo’lib o’tdi
➡️Bugun, g‘azal mulkining sultoni, hazrat mir Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ldi.




🔸Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida Alisher Navoiy tavalludining 584-yilligiga bagʻishlab “Shoirlar shohiyu, Shohlar shoiri” shiori ostida “Navoiy dahosiga ta’zim” nomli nazm va navo kechasi tashkil etildi. Tadbirni institut rektori Sh.Teshayev ochib berdi va yig’ilganlarni bayram bilan muborakbod etdi. Shuningdek, el suygan buyuk bobokalonimizning har bir yaratgan asari asrlar davomida jahonning noyob adabiy durdonasi ekanligi ta’kidlab o’tildi.





Mazkur tadbirda Milliy Gvardiya davlat organining Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig’i o’rinbosari ham taklif etildi.






Kechada ijodkor talabalar tomonidan gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag’ishlangan gʻazallaridan, ruboiy va asarlaridan namunalar aytildi.




