⚡️DTM Rossiyadan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar mas’ul vazirliklarga yuborilganini ma’lum qildi
14.12.2022 2022-12-17 16:39⚡️DTM Rossiyadan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar mas’ul vazirliklarga yuborilganini ma’lum qildi

⚡️DTM Rossiyadan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar mas’ul vazirliklarga yuborilganini ma’lum qildi
Ma’lumki, Davlat komissiyasining 7 va 8-son bayonlari bilan quyidagi hududlardan O‘zbekiston fuqarolarining o‘qishini O‘zbekistondagi davlat OTMlariga istisno tariqasida ko‘chirishga ruxsat berilgan (https://t.me/dtmuzb/5313):
⬇️ 7-son bayoni bilan — Kursk, Bryansk, Belgorod, Voronej, Rostov va Krasnodar hududlari;
⬇️ 8-son bayoni bilan — Qrim va Sevastopol hududlari.
Bunda:
📍 arizalar Davlat test markazi tomonidan qabul qilinishi;
🎓 talabaning haqiqatda muayyan OTMda tahsil olgani Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tekshirilishi;
🗝 o‘qishini ko‘chirish qarori Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan qabul qilinishi belgilangan (https://t.me/eduuz/11101).
📭 Davlat test markazi 1-30 noyabr kunlari o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabul qilinib, barcha ma’lumotlar Tashqi ishlar vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga taqdim etilganini ma’lum qildi.