BuxDTI matbuot xizmati

⚡️Kecha Buxoro davlat tibbiyot institutiga Turkiyaning yuqori reytingli oliygohi – Otaturk Universiteti rektori Omer Chomakli boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurishdi.

photo_2023-10-11_10-53-25

⚡️Kecha Buxoro davlat tibbiyot institutiga Turkiyaning yuqori reytingli oliygohi – Otaturk Universiteti rektori Omer Chomakli boshchiligidagi mehmonlar tashrif buyurishdi.

✅Otaturk Universiteti rektori Omer Chomakli bilan Buxoro viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o’rtasida rasmiy uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda talabalar almashinuvi, professor-o’qituvchilar uchun malaka oshirish va stajirovka dasturlarini yo’lga qo’yish, hamkorlikda maqolalar chop qilish va ilmiy ishlar olib borish va OTMlar tarkibidagi texnikum va kollejlar bilan akademik hamkorliklarni yo’lga qo’yish bo’yicha muzokara o’tkazildi.

✅Aloqalarni mustahkamlash maqsadida hamkorlik shartnomasi imzolandi. Muzokaralar davomida tibbiyot yo’nalishida qator muhim masalalarda kelgusida hamkorlik qilishga kelishib olindi.