✅ Institutda “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi davom etmoqda
19.02.2025 2025-02-20 9:38✅ Institutda “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi davom etmoqda
✅ Institutda “Morfologiya va jarrohlik” mavzusida talabalar va yosh olimlarning xalqaro forumi davom etmoqda
🎓 Ochilish marosimida yurtimizning 10 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda qo‘shni davlatlar – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondan nufuzli universitet jamoalari ishtirok etdi.




📌 Tadbir doirasida bo‘lajak tibbiyot xodimlarining amaliy bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish maqsadida xalqaro olimpiada, sohadagi so‘nggi yutuqlar muhokamasiga bag‘ishlangan konferensiya va ilmiy-amaliy seminarlar tashkil etilmoqda.


🔬 Shuningdek, jarrohlik sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar va talabalar uchun o‘zaro bilim va tajriba almashish imkoniyati yaratilib, amaliyotda qo‘llanilayotgan innovatsion usullar, jarrohlikning ilmiy rivojlanish yo‘nalishlari va ilg‘or tadqiqotlar taqdim etiladi.


🏆 Yosh olimlarning tanlovlardagi ishtiroki va ko‘rsatayotgan bilimlari tibbiyot sohasidagi yangi avlodning salohiyatini aks ettiradi. Bugungi kunda tibbiyot sohasining rivojlanishida innovatsiyalar, ilmiy tadqiqotlar va amaliy tajribalar ulkan ahamiyatga ega. Shu sababli, olimpiadada ishtirok etayotgan barcha talabalar uchun bu tajriba kelgusidagi kasbiy faoliyatlarida muhim qadam bo‘lishi, ularni yangi marralar sari ilhomlantirishi shubhasiz.


🩺 Olimpiada davomida anesteziya va reanimatsiya, kardiokirurgiya, endoskopiya, akusherlik va ginekologiya, neyroxirurgiya yo‘nalishlaridagi test savollari orqali ishtirokchilarning nazariy bilimlari baholandi. Bu esa ularning mutaxassislik sohasidagi bilim darajasini aniqlash va kelgusi faoliyatlarida samarali foydalanish imkonini beradi. Ushbu tadbir talabalar uchun nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazish, balki kasbiy tajribalarini boyitishga ham katta hissa qo‘shadi.


Forum doirasida ishtirokchilar nazariy imtihonlar va amaliy jarayonlarda jarrohlik operatsiyalarini amalga oshirmoqda.

