BuxDTI matbuot xizmati

🎓 Tibbiy ta’lim 4.0: Qarag‘andada VII Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi

Tibbiy ta’lim 4.0 Qarag‘andada VII Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi1

🎓 Tibbiy ta’lim 4.0: Qarag‘andada VII Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi

2025-yil 2–3-iyun kunlari Qozog‘istonning Qarag‘anda tibbiyot universitetida universitetning 75 yilligiga bag‘ishlangan “Tibbiy ta’lim 4.0: global tendensiyalar va mahalliy yechimlar” mavzusidagi VII Markaziy Osiyo xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi.

🌍 Forumda Qozog‘iston, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiya, Yevropa va G‘arbiy Hindistondan 100 dan ortiq mutaxassislar, sog‘liqni saqlash vazirliklari, universitetlar va xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

🔬 Tadbirda tibbiy ta’limda raqamlashtirish, simulyatsion ta’lim, kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvi va hamkorlik kabi dolzarb yo‘nalishlar muhokama qilindi. Mehmonlar eng so‘nggi texnologiyalar, sun’iy intellekt asosidagi o‘quv dasturlari bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

🇺🇿 Forumda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Gavhar Jarilkasinova ham ishtirok etdi. Qarag‘anda universiteti bilan 2012-yildan beri yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, simulyatsion markazlar, xalqaro akkreditatsiyaga tayyorgarlik va ilmiy loyihalar yo‘nalishida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

🤝 Forum doirasida Erasmus+ Bernica loyihasining navbatdagi uchrashuvi ham o‘tkazildi. Loyiha sog‘lom ovqatlanish targ‘iboti orqali aholining sog‘lig‘ini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, Yevropa (Avstriya, Turkiya) va Markaziy Osiyo hamkorlari bilan birgalikda olib borilmoqda.

🎉 Qarag‘anda tibbiyot universitetini yubiley bilan tabriklaymiz! Yangi ilmiy yutuqlar, barqaror taraqqiyot va xalqaro muvaffaqiyatlar tilaymiz!