🎓“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Buxoro viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
20.04.2023 2023-04-20 11:25🎓“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Buxoro viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
🎓“Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Buxoro viloyat bosqichi gʻoliblari aniqlandi.
🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi “Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek jamgʻarmasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash “Ulugʻbek” jamgʻarmasi, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligining Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi Buxoro viloyat boshqarmasi va Qorakoʻl tuman hokimligi mutassadilari tomonidan 2023-yilning 17-18-aprel kunlari tanlovning viloyat bosqichi oʻtkazildi.
✅Tanlovda tuman (shaharlar) bosqichlarida g’olib deb topilgan jami 65 nafar yoshlar ishtirok etdi. 2 kun bo’lib o’tgan tanlov doirasida tanlov shartlariga ko’ra 20 nafar yoshlar o’z innovatsion loyohalarini Komissiya a’zolariga taqdimot qilib, ularning yakuniy qaroriga ko’ra g’olib deb topildi.
💰Tanlov gʻoliblari bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari miqdorida (3 mln.so‘m) pul mukofotlarini qoʻlga kiritib, g’oliblik sertifikatlari va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.