🏛✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Orenburg davlat tibbiyot universitetining qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari muvaffaqiyatga erishdilar
12.02.2025 2025-02-13 10:12🏛✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Orenburg davlat tibbiyot universitetining qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari muvaffaqiyatga erishdilar

🏛✔️Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Orenburg davlat tibbiyot universitetining qo‘shma ta’lim dasturi bitiruvchilari muvaffaqiyatga erishdilar
➡️Bugun institut va Orenburg davlat tibbiyot universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Klinik psixologiya” yo‘nalishida ta’lim olgan talabalar o‘qishni a’lo natijalar bilan tamomladilar.

⛈Mazkur qo‘shma dastur doirasida tahsil olgan 7 nafar talaba ilmiy va amaliy bilimlarini namoyish etib, institutimizning nufuzini yanada oshirishga hissa qo‘shdilar. Ularning muvaffaqiyati nafaqat o‘zlarining, balki oliygohimizning ham yutuqlaridan biri hisoblanadi.

💠”Klinik psixologiya” yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishlarini muvaffaqiyatli yakunlagan bitiruvchilar Orenburg davlat tibbiyot universitetining diplomi bilan taqdirlandilar. Bu esa ularning kelajakdagi faoliyatlari uchun mustahkam poydevor yaratib, xalq salomatligiga o‘z hissalarini qo‘shishlariga imkoniyat beradi.

✅Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati va professor-o‘qituvchilari bitiruvchilarni ushbu muhim bosqich bilan samimiy muborakbod etadi va kelgusi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.
🫠Ushbu yutuq institutimizning xalqaro hamkorlik borasidagi izchil sa’y-harakatlari va ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi qat’iy harakatlari natijasi ekanligi bilan alohida ahamiyatlidir. Bu kabi qo‘shma dasturlar talabalarga zamonaviy va innovatsion bilimlarni o‘zlashtirish, xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatini taqdim etmoqda.

🔺Yana bir bor bitiruvchilarimizni tabriklab, ularga yorqin kelajak va yangi yutuqlar tilaymiz!