BuxDTI matbuot xizmati

🏛Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida viloyat prokurorining birinchi o’rinbosari Ibrohim Rasulov institut professor o’qituvchilari bilan uchrashdi

Uchrashuv1

🏛Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida viloyat prokurorining birinchi o’rinbosari Ibrohim Rasulov institut professor o’qituvchilari bilan uchrashdi

🔵Uchrashuv o’qituvchilarga jamiyatda yuz berayotgan muammolarni va huquqbuzarliklarni oldini olish, talabalar va yoshlarni tarbiyalashda huquqiy bilimlarni kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

✅Uchrashuvda prokuror o’qituvchilarni huquqiy ongni oshirish, jinoyatchilikni kamaytirish va yoshlarni salbiy ta’sirlardan himoya qilishda faollik ko’rsatishga undadi. Shuningdek, jamiyatda yuz berayotgan dolzarb masalalar, jinoyatlar va huquqiy tazyiqlar haqida suhbatlashish, o’qituvchilarning shu yo’nalishda maslahat va ko’maklarini olish maqsad qilindi.