BuxDTI matbuot xizmati Video galereya

🏛Tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev hamda prorektor L.Niyozovning Janubiy Koreyaga Degu Hani universitetida

cropped-logo_250x250.png

🏛Tibbiyot instituti rektori Sh.Teshayev hamda prorektor L.Niyozovning Janubiy Koreyaga Degu Hani universitetida

Shu kunlarda “Traditional silk road” loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning Yondok provinsiyasida birinchi “Medical silk road” loyihasini ishchi forumi bo’lib o’tmoqda.

Mazkur loyihaga Janubiy Koreya, Mongoliya, O’zbekiston, Turkiya, Qirg’iziston, Tayland, Vetnam davlatlari universitetlari qabul qilingan.

Bu loyihaning maqsadi xalq tabobatini rivojlantirish, xalq tabobati asosida ilmiy tadqiqot qilish, professor o’qituvchilar hamda talabalar almashinuvini yo’lga qo’yadi.

Avval ham xabar berilganidek, bu orqali Buxoroda aqlli issiqxona hamda ilmiy tadqiqot labaratoriyasi yaratiladi.

Institut rektori Sh. Teshayev ochilish marosimida nutq so’zladi.
Prorektor L. Niyozov esa slaydlar orqali Buxoro viloyati hamda tibbiyot instituti haqida ma’lumot berib o’tdi.