BuxDTI matbuot xizmati

🏢 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindiston davlati Haydarobod shahrida xalqaro ofisi tashkil etildi.

photo_2023-09-29_08-47-35

🏢 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining Hindiston davlati Haydarobod shahrida xalqaro ofisi tashkil etildi.

Shu kunlarda xizmat safari bilan Hindiston respublikasida bo’lib turgan rektor Shuxrat Teshayevning ma’lum qilishicha, kecha, 28 sentyabr kuni Haydarobod shahrida oliygoh vakolatxonasi – xalqaro ofis tashkil etildi.

Shu yerning o’zida institut haqida jamoatchilikka batafsil axborot berish maqsadida xorijiy hamda mahalliy OAV vakillari ishtirokida matbuot anjumani ham tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki, mazkur ofisning asosiy faoliyati va vazifalari Hindistondan talabalarni BuxDTIga jalb qlish, institut bitiruvchilarining mahalliy qonunchilika ko’ra akreditatsiyadan o’tishlariga ko’maklashish va boshqa muhim missiyalardan iborat.

Bundan tashqari rektor Sh. Teshayev safar chog’ida Buxoro davlat tibbiyot institutini joriy yilda tamomlagan hamda Hindistonda akreditasiyadan o’tishga tayyorgarlik ko’rayotgan talabalar bilan uchrashdi.