BuxDTI matbuot xizmati

📢 Diqqat! Tibbiyot yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilari uchun muhim yangilik!🔹

cropped-logo_250x250.png

📢 Diqqat! Tibbiyot yo‘nalishi talabalari va o‘qituvchilari uchun muhim yangilik!🔹

🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2019-yil 6-maydagi PQ–4310-sonli qarori – “Tibbiyot va farmasevtika ta’limi va ilm-fani tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” hamda
🔹 Vazirlar Mahkamasining
2023-yil 12-iyuldagi 282-sonli qarori – “Tibbiyot va farmasevtika davlat oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” ijrosini ta’minlash maqsadida:

🧠 www.realpatient.uz — Virtual bemor simulyatsion ta’lim platformasi ishga tushirildi!
💡 Hamkor tashkilotchilar:
📌 Tibbiy ta’limda o‘quv resurslarini yaratish va rivojlantirish markazi
📌 “Innovative Developers” MChJ
📌 Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi
🎓 Platformada quyidagi yo‘nalish talabalari uchun materiallar muntazam joylashtirilmoqda:
• Davolash ishi
• Pediatriya ishi
• Stomatologiya
• Tibbiy-profilaktika ishi
• Farmatsiya
📚 Hozirda mavjud:
✅ 15 ta fandan darsliklar
✅ Video ma’ruzalar
✅ Amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha video taqdimotlar
✅ Vaziyatli masalalar asosidagi videomateriallar
⏳ Materiallar doimiy yangilanib boriladi!
🆓 Platformadan bepul foydalanish uchun:
Talabalar ro‘yxatdan o‘tishlari kifoya.

👉 www.realpatient.uz
📩 Savollar va takliflar uchun:
✉️ info@realpatient.uz
📲 Telegram: @realpatient_support