🔝Buxoroda mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan seminar o‘tkazildi
26.02.2025 2025-02-27 14:43🔝Buxoroda mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan seminar o‘tkazildi

🔝Buxoroda mutaxassislar ishtirokida kengaytirilgan seminar o‘tkazildi
Buxoro shahrida “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida endokrin kasalliklar profilaktikasi, ularni erta aniqlash va davolashda multidissiplinar yondashuv” mavzusida kengaytirilgan seminar tashkil etildi.
🔸Seminarda Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti professor o’qituvchilari, talabalari, tibbiyot sohasining yetakchi mutaxassislari, olimlar va endokrinologlar ishtirok etdi.
✅Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbari Anvar Alimov mamlakatimizda tibbiy sug‘urta tizimini joriy qilish borasida ma’ruza qildi. Unda tibbiy sug‘urtaning ahamiyati, uning tibbiy xizmat sifatini oshirishdagi o‘rni va amaliy natijalari haqida atroflicha ma’lumot berildi.
🔹Seminarda Boshqarma boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev ham so‘zga chiqib, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami tizimida endokrin kasalliklarni erta aniqlash, ularni profilaktika qilish va davolashda zamonaviy yondashuvlar muhimligi haqida fikr bildirdi.
➡️Seminar doirasida quyidagi asosiy mavzular muhokama qilindi:
➡️Endokrin kasalliklarning epidemiologiyasi va profilaktikasi.
➡️Endokrin kasalliklarni erta aniqlash usullari.
➡️Endokrin kasalliklarni davolashda zamonaviy yondashuvlar.
➡️Multidissiplinar yondashuvning endokrin kasalliklarni davolashdagi roli.
Seminar yakunida tibbiyot xodimlari va mutaxassislar o‘zlarining taklif va mulohazalarini bildirib, kelgusida endokrin kasalliklarni erta aniqlash hamda samarali davolash borasida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish muhimligini ta’kidlashdi.