BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

⚡️Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

cropped-logo_250x250.png

⚡️Prezident hamda nomdor davlat stipendiyalari g‘oliblari aniqlandi

✅2022/2023-o‘quv yili uchun respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriat bosqichining 566 nafar talabasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga munosib ko‘rildi.

Unga ko’ra, Davolash ishi fakulteti 5 kurs talabasi Munavvar Kudratova ” Ibn Sino” nomli stipendiya sohibi;

Tibbiy pedagogika fakulteti talabasi Sulaymonov Jo’raboy Islom Karimov nomli stipendiya sohibi;

Tibbiy pedagogika fakulteti talabasi Maftuna Jumayeva Prezident stipendiyasi sohibiga aylandi.

✍️Prezident davlat stipendiyasi tanlovida ishtirok etib, suhbat bosqichiga tavsiya etilmagan talabalar rektor tomonidan tasdiqlangan sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 3 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Shuningdek, nomli davlat stipendiyalari tanlovlarida qatnashib, sovrindor boʻlolmagan talabalar ham sertifikat hamda bazaviy stipendiya miqdorining 2 baravaridagi bir martalik pul mablagʻi bilan ragʻbatlantiriladi.