BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Sport tadbirlari Talabalar hayoti

⚽️⚽️⚽️FUTBOL BO’YICHA TALABA-YOSHLAR O’RTASIDA “REKTOR KUBOGI” FINALI BO’LIB O’TDI

photo_2023-05-26_14-43-37

⚽️⚽️⚽️FUTBOL BO’YICHA TALABA-YOSHLAR O’RTASIDA “REKTOR KUBOGI” FINALI BO’LIB O’TDI

2023-yil 22-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabari o’rtasida an’anaviy tarzda o’tkazib kelinadigan “rektor kubogi”musobaqasining yakuniy final bosqichi bo’lib o’tdi.

Ta’kidlash joizki, mazkur musobaqa “Sport bilan 100 kun” shioiri ostida fevral oyida boshlangan sport tadbirlariga ramziy yakun yasab berdi. Dastlab, “shaxmat” va “shashka”, “volleybol”, “qo’l to’pi”
va boshqa ko’plab sport turlarini o’z ichiga olgan bellashuvlar bilan qiziqarli o’tdi.

Futbol bahslarida institut talabalari va ustozlardan iborat 64ta jamoa murosasiz bellashuvlarda saralanib, yakunda g’olib bo’lgan jamoalar rektor Shuhrat Teshayev tomonidan taqdirlanishdi.

Taqdirlash marosimida so’z olgan ustozlar mamlakatimizda talaba yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, ularning har tomonlama kamol topishi yo’lidagi sharoitlar haqida fikr bildirishdi.

O’z navbatida talaba yoshlar ham a’lo o’qishi, barcha ommaviy tadbirlar va fan olimpiadalarida faol bo’lishga va’da berishdi.

Sovrinli o’rinni egallagan talaba-yoshlar rektor tomonidan diplom, medal va qimmatbaho sovg’alar hamda pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi.

Jumladan, g’oliblarga
1 o’rin uchun – 8 million so’m,
2 o’rin uchun 6 million so’m,
3-o’rin uchun esa 4 million so’mlik vaucher topshirildi.

Fotolavlahar