BuxDTI matbuot xizmati E'lonlar Madaniy-ma’rifiy faoliyat Talabalar hayoti

❗️Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun muhim yengillik berildi

photo_2022-11-16_12-17-09

❗️Magistraturaga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar uchun muhim yengillik berildi

2022/2023 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga dekabr-yanvar oylaridagi tanlovda istisno tariqasida xorijiy tilni bilish darajasidan qat’i nazar (C1 yoki B2 sertifikatidan tashqari boshqa darajadagi) sertifikatga ega talabgorlar ham ishtirok etishiga ruxsat etildi.

 Muhim jihati, o‘qishga qabul qilingan talabalar o‘qishi davomida talab etilganidek milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

‼️Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlarga 2022 yil 20 dekabrdan 2023 yil 10 yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratiladi.