BuxDTI matbuot xizmati

🌍 Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan professor Buxoro davlat tibbiyot institutida

Nobel mukofoti sohibi1

🌍 Nobel mukofoti sohibi bo‘lgan professor Buxoro davlat tibbiyot institutida

Bugun Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida jahon miqyosida tan olingan olim, Nobel mukofoti sohibi professor doktor Rik Limans (Rik Leemans) tashrif buyurdi.

Professor Rik Limans — Niderlandiyaning Vageningen universiteti va tadqiqot markazida faoliyat yurituvchi, atrof-muhit tizimlarini tahlil qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassis. U butun dunyo bo‘ylab ekologik barqarorlik va iqlim o‘zgarishi sohasida yirik loyihalarni amalga oshirib, rivojlanayotgan mamlakatlardagi yosh olimlarni ilmiy tadqiqotlarga faol jalb etib kelmoqda.

U Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhi — IPCC (Intergovernmental Panel on Climate Change)ning mualliflaridan biri bo‘lib, ushbu tashkilot 2007 yilda Tinchlik uchun Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Professor Limansning ilmiy faoliyati iqlim o‘zgarishini o‘rganish, ekotizimlarni muhofaza qilish va inson faoliyatining tabiatga ta’sirini baholash yo‘nalishlarida yuqori baholangan.

Tashrif doirasida unga Tsindao universiteti professori Baogal hamrohlik qildi. Mehmonlarni institut rektori professor Shuhrat Teshaev va prorektor Laziz Niyazov kutib oldilar. Delegatsiya a’zolari institutning zamonaviy laboratoriyalari va innovatsion obyektlarini ko‘zdan kechirdilar.

Tashrif davomida professor Rik Limans tomonidan talaba va tadqiqotchilar uchun iqlim o‘zgarishi hamda ekologik barqaror rivojlanish mavzusida ma’ruzalar o‘qilishi rejalashtirilgan.