🌿JARAYON🌿
14.07.2025 2025-07-15 11:43🌿JARAYON🌿
👩🎓”Bir talabaga bir loyiha” 👨🏫o‘quv akseleratsiyasi “Dolzarb 90 kun” loyiha doirasida “Yosh farmatsevtlar va yosh farmakologlar” to‘garak faoliyatini boshladi.
🧬🧫Har bir talaba o‘z sohasida innovatsion g‘oyalar tanlab, o‘z ustida ishlashi va ushbu g‘oyani startap loyiha holatiga olib chiqish uchun hozirgi kunda dolzarb muammolar yechimi bo‘lgan mavzular tanlab olindi.
🎓Farmakologiya kafedrasi 1-kurs doktoranti M.A. Uroqova va ishtirokchilar Gulimahsar o‘simligi ustida ilmiy tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Dastlab dorivor o‘simlik tarkibi aniqlandi. Ayni damda Gulimahsar dorivor o‘simligi yig‘ib olinib, qadoqlash jarayoni bormoqda. Navbatdagi tekshiruvlarimiz klinikagacha tekshiruvlar (eksperimental, tajribada) davom ettiriladi.
📚To‘garak xalq tabobati yo‘nalishi, Ibn Sino ta’limoti asosida tayyorlanadigan dori vositalarni keng targ‘ib qilish, sintetik dori vositalari o‘rniga tabiiy, xavfsiz dorivor o‘simliklardan tayyorlangan preparatlarni rivojlantirishga qaratilgan.