BuxDTI matbuot xizmati Korrupsiyaga qarshi kurash

🎓 Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

Buxoro davlat tibbiyot institutida Korrupsiyasiz ta'lim mavzusida seminar-trening o‘tkazildi1

🎓 Buxoro davlat tibbiyot institutida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi

📍 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida talaba-yoshlar o‘rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish, bunday illatning oldini olish va uning salbiy oqibatlari haqida yoshlarda huquqiy ong va madaniyatni oshirish maqsadida “Korrupsiyasiz ta’lim” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🎯 Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yoshlar ongida jamiyatdagi har qanday korrupsiyaviy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, ularning huquqiy savodxonligini oshirish va sohadagi islohotlar haqida tushuncha berishdan iboratdir.

📌 Ta’kidlash joizki, so‘nggi yillarda yurtimizda ta’lim tizimini isloh qilish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash, korrupsiyaning barcha ko‘rinishlariga qarshi keskin kurashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

💬 Seminar jarayoni qizg‘in muhokamalar, dolzarb savol-javoblar va interaktiv muloqot ruhida o‘tdi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.

📢 Bunday tadbirlar yosh avlodda fuqarolik mas’uliyatini oshirish, ularni huquqiy bilimli, yuksak hayotiy pozitsiyaga ega shaxs sifatida tarbiyalashga xizmat qiladi.