BuxDTI matbuot xizmati

🎓 Talabalar va ularning ota-onalari bilan onlayn muloqot tashkil etildi

Talabalar va ularning ota-onalari bilan onlayn muloqot tashkil etildi1

🎓 Talabalar va ularning ota-onalari bilan onlayn muloqot tashkil etildi

Ayni paytda mamlakatimiz bo‘ylab talabalar va o‘quvchilar yozgi ta’tilda hordiq chiqarishmoqda. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida xorijiy tillar kurslari, sport to‘garaklari, ijodiy va amaliy mashg‘ulotlar, shuningdek, yozgi amaliyotlar yo‘lga qo‘yilgan.

📌 Shu munosabat bilan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev boshchiligida prorektorlar, fakultet dekanlari, tyutor va murabbiylar ishtirokida talabalar hamda ularning ota-onalari bilan onlayn muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida yozgi ta’til vaqtida talabalarni turli salbiy va yot g‘oyalardan asrash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilish borasida muhim tavsiyalar berildi.

🔹 Ota-onalarga farzandlarining ta’til davomida qanday faoliyat bilan shug‘ullanayotganini nazorat qilish, ularni ma’naviy va axloqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash lozimligi alohida ta’kidlandi.

📢 Muloqot jarayonida ota-onalar ham o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, institut rahbariyati bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha takliflar bildirishdi.

✅ Ta’kidlash joizki, bunday muloqotlar institut tomonidan doimiy ravishda tashkil etib borilishi rejalashtirilgan bo‘lib, talaba — ota-ona — institut uchburchagidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.