🏀“Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida o’tkazilgan musobaqa g’oliblari tantanali tarzda taqdirlandi
27.05.2025 2025-05-27 11:54🏀“Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida o’tkazilgan musobaqa g’oliblari tantanali tarzda taqdirlandi
🏀“Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostida o’tkazilgan musobaqa g’oliblari tantanali tarzda taqdirlandi
📣Joriy yilning 8-may kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti sport-sog‘lomlashtirish markazida boshlangan “Sportchi – yurt himoyachisi” shiori ostidagi sport sinovlari o‘z nihoyasiga yetdi.



☄️Mazkur musobaqalarda faol ishtirok etib, yuqori natijalarga erishgan talabalar va jamoalar bugun tantanali taqdirlash marosimida ishtirok etdilar. G‘olib va sovrindorlar diplom, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Marosim davomida sportning yoshlar hayotidagi o‘rni, jismoniy tarbiyaning ahamiyati hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasidagi ishlarga alohida urg‘u berildi.



💬Tadbir ko‘tarinki ruhda, bayramona kayfiyatda o‘tib, ishtirokchilarga unutilmas taassurotlar qoldirdi.


