BuxDTI matbuot xizmati

🏆 “National AI Hackathon” | BDTI jamoasi 1-oʻrinni egalladi.

National

🏆 “National AI Hackathon” | BDTI jamoasi 1-oʻrinni egalladi.

Buxoro shahrida o‘tkazilgan nufuzli “National AI Hackathon” – Sun‘iy intellektga asoslangan loyihalarning Milliy tanlovi boʻlib oʻtdi. Ushbu nufuzli tadbirda BDTI doktoranti Dr. Azizbek Boltaev boshchiligidagi MedIQ jamoasi ruhiy salomatlik xizmatlarini olis xududlarda istiqomat qilayotgan yurtdoshlarimiz uchun xozir qiladigan DARDLASHAI startapini taqdim etib tablovning “Sog’liqni saqlash yo’nalishida 1-o’rinni egalladi.

MedIQ Jamoasi tarkibida Mehribon Boltayeva (“The Knowledge Academy” xususiy maktabi o’quvchisi), Azizbek Atoyev (Urganch Davlat Tibbiyot Instituti talabasi) va Ilyas Muhammad (Buxoro Davlat Tibbiyot Instituti talabasi) ishtirok etishdi.

Tashkilotchilar tomonidan g’olib jamoa ishtirokchilariga MacBook Air rusumidagi noutbuklar va Toshkent shahrida o’tkaziladigan Hakatonning Superfinal bosqishida ishtirok etish yo”lanmasi topshirildi.

Eslatib o’tamiz, 2025-yil dekabr oyida “DIGITAL MIND FEST” tanlovi doirasida DARDLASHAI loyihasini rivojlantirish uchun BDTI tomonidan mini-grant ajratilgan edi.