🏛Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yuzasidan Ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi
28.07.2025 2025-07-29 9:55🏛Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar yuzasidan Ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi
📍 Yigʻilishda “Dolzarb 90 kun” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi, shuningdek, talabalar maʼnaviy kamoloti, ijtimoiy faolligini oshirish va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir takliflar koʻrib chiqildi.


📌 Muhokamada quyidagi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi:
– talabalar oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni kengaytirish;
– ijtimoiy faollik va milliy qadriyatlarni targʻib qilish;
– “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport, madaniyat va taʼlim sohasidagi tashabbuslarni samarali tashkil etish;
– har bir talaba uchun ijobiy, maʼrifiy muhit yaratishga oid rejalarni belgilab olish.
🤝 Yigʻilish yakunida ishchi guruh aʼzolariga belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha aniq topshiriqlar va muddatlar belgilandi.
