🏞 Sog‘lom tana — sog‘lom tafakkur: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi So‘lim Zomin tog‘larida hordiq chiqarmoqda
27.07.2025 2025-07-29 9:41🏞 Sog‘lom tana — sog‘lom tafakkur: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi So‘lim Zomin tog‘larida hordiq chiqarmoqda
🏞 Sog‘lom tana — sog‘lom tafakkur: Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi So‘lim Zomin tog‘larida hordiq chiqarmoqda
📍Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning yozgi mavsumida tashkilot va muassasalar xodimlari uchun dam olish va turizm kunlarini samarali tashkil etish yuzasidan berilgan topshiriqlar asosida, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rahbariyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan navbatdagi ezgu tashabbus amalga oshirildi.


🏕 Institut jamoasi — professor-o‘qituvchilar, xodimlar So‘lim Zomin tog‘lari bag‘rida dam olish uchun yo‘l olishdi. Tog‘li hududlarning so‘lim iqlimi, toza havosi va tabiiy go‘zalligi hordiq chiqarish uchun ayni muddao bo‘ldi.


🧘♂️Dam olish davomida ishtirokchilar turli sayohatlar, yurish-marshrutlar, sport musobaqalari va madaniy hordiq tadbirlarida faol qatnashdilar. Bu esa nafaqat jismoniy tiklanish, balki ruhiy tetiklik va jamoaviy muhitni yanada mustahkamlashga xizmat qildi.


🎯 Bunday dam olish tadbirlari xodimlarning mehnatga bo‘lgan rag‘batini oshiradi, kasbiy samaradorlikni yuksaltiradi hamda sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Institut rahbariyati tomonidan xodimlar salomatligi va ularning samarali faoliyat yuritishi uchun yaratilayotgan bu kabi sharoitlar — inson kapitaliga berilayotgan e’tibor namunasidir.

✅ Dam olish — bu yangi ish mavsumi uchun kuch va motivatsiya demak! Shu bois, institutda xodimlarning ijtimoiy himoyasi va dam olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar bundan keyin ham davom ettiriladi.