📌 #Dolzarb_90_kun doirasida Kogon tumanida bolajonlar uchun mahorat darslari va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi
18.07.2025 2025-07-18 9:45📌 #Dolzarb_90_kun doirasida Kogon tumanida bolajonlar uchun mahorat darslari va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi
📌 #Dolzarb_90_kun doirasida Kogon tumanida bolajonlar uchun mahorat darslari va interaktiv mashg‘ulotlar tashkil etildi
🏛Mazkur loyiha doirasida Buxoro davlat tibbiyot instituti Biokimyo kafedrasi assistenti Nargiza Amonova tomonidan Kogon tumani O‘zbekiston mahalla fuqarolar yig‘ini bilan hamkorlikda qiziqarli va o‘ziga xos amaliy tadbirlar o‘tkazildi.


🧠 Tadbir doirasida o‘quvchilarning bilim darajasini oshirish maqsadida “Men til o‘rganaman” nomli interaktiv mashg‘ulot tashkil etildi. Ushbu dars davomida bolalar xorijiy tillarni o‘rganishga oid oddiy, tushunarli va o‘yin asosidagi topshiriqlarni bajardilar. So‘z boyligi, talaffuz, muloqot ko‘nikmalariga alohida e’tibor qaratildi. O‘quvchilarning qiziqishi yuqori bo‘lib, ularning har biri faol qatnashdi.


🧶 Shuningdek, san’at va qo‘l mehnatini targ‘ib qilish maqsadida “Kimning qo‘li chaqqon?” nomli amaliy mahorat darsi ham tashkil etildi. Bu mashg‘ulotda bolajonlar ip va iplardan foydalanib, turli bezaklar va qo‘l mehnati mahsulotlarini yaratishga harakat qildilar. Yigirma nafardan ortiq ishtirokchi o‘z iqtidorini namoyon etdi. Tadbir jarayonida ustozlar tomonidan amaliy ko‘rsatmalar berilib, bolalarning ishlariga baho berildi.
