BuxDTI matbuot xizmati

📚 Buxoro tibbiyot institutida muhim taqdimot o‘tkazildi

Buxoro tibbiyot institutida muhim taqdimot o‘tkazildi1

📚 Buxoro tibbiyot institutida muhim taqdimot o‘tkazildi

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari: 120 yillik xalqparvarlik tarixi” kitobining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbirda institut kasaba uyushmasi kengashi raisi Muxtor Jumayev, viloyat sog‘liqni saqlash muassasalari kasaba uyushmasi kengashi rahbariyati, shuningdek, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

Taqdimot davomida so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda 120 yildan buyon samarali faoliyat yuritib kelayotgan kasaba uyushmalari tizimining shakllanishi, uning bosqichma-bosqich rivojlanishi hamda bugungi kundagi o‘rni haqida batafsil ma’lumot berdi.

Qayd etilganidek, kasaba uyushmalari mehnatkashlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni ta’minlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda aholi farovonligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Kitobda ana shu tarixiy jarayonlar, muhim islohotlar va amaliy natijalar keng yoritilgan.

Tadbir davomida ishtirokchilar kitob mazmuni bilan yaqindan tanishib, kasaba uyushmalari faoliyatining dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashdi.

Mazkur taqdimot yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni jamiyat hayotida faol ishtirok etishga undashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.