BuxDTI matbuot xizmati

🩺 Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Turkiyada amaliyot o’tamoqda

Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Turkiyada amaliyot o'tamoqda1

🩺 Buxoro davlat tibbiyot instituti talabalari Turkiyada amaliyot o’tamoqda

🌍 Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda Turkiya Sog‘liq Bilimlari Universiteti hamkorligida tashkil etilgan Turkiya tibbiyot fakulteti talabalari joriy yilda ham an’anaviy yozgi amaliyotlarini Turkiyada o‘tashmoqda.

Talabalar ayni paytda Turkiyaning Trabzon shahridagi markaziy kasalxonalardan birida amaliyot jarayonini boshlab yuborgan. Ular uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lib, kasbiy bilim va ko‘nikmalarni bevosita amaliyot davomida mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.

👨‍⚕️ 👩‍⚕️ Amaliyot davomida talabalar Turkiyaning tajribali va malakali shifokorlari rahbarligida faoliyat yuritmoqda. Ular tibbiy diagnostika, muolaja, bemorlar bilan muloqot, jamoada ishlash va tezkor qaror qabul qilish kabi ko‘plab yo‘nalishlarda amaliy saboqlar olishmoqda.

📚 E’tiborga molik jihati shundaki, mazkur fakultet talabalari nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiyaning ham nufuzli tibbiy muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor va mutaxassislardan saboq olishmoqda. Bu esa ularning xalqaro miqyosdagi kasbiy tayyorgarligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔥 Ayni paytda Trabzon shahridagi yozgi amaliyot jarayonlari qizg‘in va mazmunli kechmoqda. Talabalar faoliyati va kasbga bo‘lgan qiziqishi mahalliy tibbiyot jamoasi tomonidan ham yuqori baholanmoqda.

📌 Ta’kidlash joizki, xalqaro hamkorlik doirasida yo‘lga qo‘yilgan bunday tashabbuslar talabalarning nazariy va amaliy salohiyatini oshirish, shuningdek, oliy ta’limni xalqaro standartlarga mos rivojlantirishga xizmat qilmoqda.