BuxDTI matbuot xizmati

🩺 Qozog‘istonlik mutaxassislar Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida mahorat darslari o‘tkazishdi

cropped-logo_250x250.png

🩺 Qozog‘istonlik mutaxassislar Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida mahorat darslari o‘tkazishdi

Bugun Buxoro davlat tibbiyot instituti klinikasida Qozog‘iston Respublikasidan kelgan 15 nafar yetakchi tibbiyot mutaxassislari ishtirokida “Qozog‘iston tibbiyoti kunlari” doirasida uchrashuv va mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

Mehmonlarni institut prorektorlari Laziz Niyazov va Shermuhammad Tursunov kutib oldi.

Uchrashuvda Korporativ fond “University Medical Center” hamda Shymkent Yurak Markazi vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni Qozog‘iston tomonidan markaz boshqaruvining tibbiy xizmatlar sifati ustidan nazorat va strategik rivojlanish bo‘yicha rais o‘rinbosari Gulmira Muratovna Seytzhanova boshqardi.

Mehmonlar institut klinikasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, shuningdek, qator ilmiy-amaliy ma’ruzalar bilan chiqish qilishdi. Jumladan:

“XSN dasturi va Qozog‘istonda jarrohlik usullari orqali davolash tajribasi” mavzusida ma’ruza – Gulmira Seytzhanova;

“Zamonaviy XSNni antiaritmik uskunalar yordamida davolash” mavzusida ma’ruza – Aynash Balabekova;

“IBS va PPS kasalliklari bo‘yicha ochiq operatsiyalar o‘tkazish tajribasi” mavzusida ma’ruza – Daniyar Buleshov;

“Tibbiyot hamshirasi – sog‘liqni saqlash tizimida yetakchi va menejer sifatida” mavzusida seminar – Janar Satibaldieva.

Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va shifokorlar o‘zaro tajriba almashdilar, kelgusida hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv ilmiy va amaliy jihatdan samarali bo‘lib, ikki davlat shifokorlari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qildi.