1-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot va tushuntirish ishlari
22.12.2025 2025-12-23 10:011-bosqich talabalari bilan ochiq muloqot va tushuntirish ishlari
📌Buxoro davlat tibbiyot instituti Xalqaro tibbiyot fakultetining 1-bosqich talabalari bilan Institut rektori, prorektori hamda fakultet dekani ishtirokida uchrashuv va tushuntirish ishlari olib borildi.

➡️Uchrashuv davomida talabalarga institutning ichki tartib-qoidalari, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, akademik halollik, darslarga muntazam qatnashish, talabalar huquq va majburiyatlari, shuningdek, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

✔️Shuningdek, talabalarni kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishish yo‘lida mas’uliyatli bo‘lish, qonun-qoidalarga rioya etish hamda institut nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shishga chaqirildi.
