BuxDTI matbuot xizmati Talabalar hayoti

1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

0ea4ab11-aad1-43b3-9d09-efc30b781a59

1-BOSQICH TALABALARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI

Ayni paytda Buxoro shahridagi Viloyat musiqali drama teatrida institutning 1-bosqich talabalari bilan institut rahbariyati ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
​Uchrashuvni ota-onalar ham onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
​Unda institut rektori Sh. J. Teshayev, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Z. Bahranova hamda rektor maslahatchisi M. Mahmudov so‘zga chiqib, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, yoshlar siyosati doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari haqida ma’lumot berdilar.

​Uchrashuv davomida talabalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda xavfsiz ta’lim muhitini ta’minlash masalariga alohida e’tibor qaratildi.


​Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati