1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI
25.09.2026 2026-09-25 18:131-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI
1-OKTABR — O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI MUNOSABATI BILAN SPORT MUSOBAQALARI TASHKIL ETILDI
1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida sport musobaqalari tashkil etildi.
Musobaqalar sportning quyidagi turlari bo‘yicha o‘tkazildi:
🔹Voleybol
🔹Stol tennisi
🔹Shaxmat
Musobaqalarda 200 ga yaqin professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etib, o‘zaro kuch sinashdilar. Bellashuvlar ko‘tarinki ruhda, do‘stona va sog‘lom raqobat muhitida o‘tkazildi.




Tadbirning ochilish marosimida so‘z olgan institut prorektori Z. Baxaronova musobaqalarni o‘tkazishdan asosiy maqsad — professor-o‘qituvchilar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda ustozlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat ekanini ta’kidladi.
Musobaqa yakunida faol ishtirok etgan hamda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan professor-o‘qituvchilar munosib taqdirlandi.
Sog‘lom ustoz — sog‘lom avlod!
Sport — salomatlik va birdamlik garovi!


Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati