BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

photo_2024-10-15_10-20-35

13-oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bag‘ishlangan tadbir tashkil qilindi.

Bugun Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti hamkorligida13 – oktyabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirishga bag‘ishlangan o‘quv ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminar davomida tabiiy ofatlar xavfi va ularda to‘g‘ri harakat qilish tadbirlari o‘tkazildi. Shartli zilzila signali asosida o‘quv muassasasi o‘qituvchi va talabalari evakuatsiya qilindi. Ko‘ngilli qutqaruvchilar va Qizil yarim Oy jamg‘armasi volontyorlari tomonidan jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi.

Tadbir yakunida seminar tashkilotchilari va ishtirokchilarga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining tashakkurnomasi va faxriy yorliqlari topshirildi.