17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining bayram tabrigi
17.11.2022 2022-11-19 10:0817-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining bayram tabrigi
17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan Buxoro davlat tibbiyot instituti rektorining bayram tabrigi
Assalomu alaykum aziz talabalar!
Bugun yurtimizda katta shodiyona va hursandchilik bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻining 31 yilligi hamda Siz yoshlarning bayrami – 17-noyabr – “Xalqaro talabalar kuni” keng nishonlanmoqda.
Avvalambor siz va sizlar orqali barcha institutimizda tahsil olayotgan talaba – yoshlarni ushbu bayram bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.
Hozirgi kunda mamlakatimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat gʻururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, oʻz taqdirini xalqi, vatan taqdiri bilan bir deb bilib, faoliyat koʻrsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini, ham umumbashariy qadriyatlarni barobar oʻzlashtirmoqdalar. Shu bilan birga jahon standartlariga mos ravishda tashkillashtirilgan oliy ta’lim dargohlarida tahsil olishmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarini, xorijiy tillarni mukammal o’zlashtirmoqda. Bu borada Buxoro davlat tibbiyot institutida yetarli sharoitlar yaratilgan. Dunyoning 10ga yaqin davlatlaridan talabalar kelib tahsil olishmoqda.
Bundan tashqari har yili a’lochi talabalarimiz Prezident, Abu Ali ibn Sino, Islom Karimov nomidagi stipendiya sohibiga aylanishadi. Bu albatta faxrli natijalardan sanaladi.
Buxoro davlat tibbiyot institutining siz kabi yosh salohiyatli mutaxassis kadrlari Yangi Oʻzbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois bugungi kun zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yoʻnalishiga aylandi. Buning natijasida siz kabi yoshlarga barcha imkoniyatlar eshiklari ochiq.
Jahon tibbiyotining ertangi kelajagi boʻlib samarali faolyat olib borishingizda kuch-quvvat tilab qolaman.
Aziz talabalar!
Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin!
Sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, buyuk bobokalonimiz Abu Ali ibn Sinoning munosib vorislari boʻlib kamol topishingizda muvaffaqiyatlar yor boʻlsin!
Yana bir bor bayramingiz muborak boʻlsin, aziz talabalar!