2025-yilgi Navro’z bayrami O’zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
11.03.2025 2025-03-12 11:022025-yilgi Navro’z bayrami O’zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.

2025-yilgi Navro’z bayrami O’zbekistonda “Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida keng nishonlanmoqda.
Ushbu shior xalqimizning boy madaniy merosi va an’analarini e’zozlash, ularni kelajak avlodlarga yetkazish maqsadini ifodalaydi.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida ham Navro’z bayrami munosabati bilan ko’tarinki ruhda tadbirlar boshlandi. Talabalar va professor-o’qituvchilar tomonidan sumalak sayli tashkil etilib, milliy o’yinlar, qo’shiqlar va raqslar ijro etildi. Bu kabi tadbirlar milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.


Mamlakatimiz bo’ylab Navro’z bayrami doirasida hunarmandchilik ko’rgazmalari, milliy sport musobaqalari, kitob yarmarkalari va bahoriy taomlar tanlovlari o’tkazilmoqda. Shuningdek, obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilib, umumxalq hasharlari uyushtirilmoqda.
Navro’z va Ramazon oyining bir vaqtda nishonlanishi munosabati bilan, keksa avlod vakillarini e’zozlash, xayriya tadbirlarini o’tkazish va ehtiyojmand insonlarga ko’mak berishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu esa jamiyatimizda mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlaydi.


“Qadriyatlaring boqiy bo’lsin, Navro’z!” shiori ostida o’tayotgan bu yilgi bayram tadbirlari xalqimizning boy madaniy merosini asrab-avaylash va kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
