30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik”
20.06.2024 2024-06-21 9:5830-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik”
30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik”
Buxoro davlat tibbiyot institutida 30-iyun Yoshlar kuni munosabati bilan “Yangi O’zbekiston yoshlari birlashaylik” shiori ostida viloyat sektor raxbarlari hamda talaba yoshlar uchrashuvi o’tkazildi.
Tadbirda Buxoro viloyat prokurori Ulug’bek Aslonovich Hamdamov, viloyat IIB boshlig‘i I.Tursunov hamda yoshlar ishlari agentligi raxbari Sh.Raxmonovlar ishtirok etishdi. Tadbirda so‘z olgan mexmonlar tomonidan mamlakatimizda yoshlar masalasi har doim davlat siyosati darajasidagi muhim masala bo‘lib kelganligi ayniqsa so‘nggi yillarda yosh yigit-qizlarimiz uchun yaratilayotgan keng ko‘lamdagi imkoniyat va shart-sharoitlar, ularning o‘qib-o‘rganishlari, qizg‘in faoliyat ko‘rsatishlari uchun qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik nafaqat yurtdoshlarimiz, balki dunyo hamjamiyatini ham o‘ziga jalb qilib qilib, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish uchun har bir hududda zarur shart-sharoitlar yaratib berilayotganligi haqida ta’kidlandi.
Shuningdek tadbir davomida 2023-2024 o‘quv yili davomida o‘zining na’munali xulqi, fidoiyligi va tashabbuskorligi bilan aloxida na’muna ko‘rsatgan faol va iqtidorli talabalar shu jumladan xorijiy talabalar ham diplom hamda estalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida institutda joriy o’quv yilida 8465 nafar yoshlar ta’lim olishib, ulardan 2000ga yaqini xorijiy davlat yoshlarini tashkil qiladi.