BuxDTI matbuot xizmati

9-may – Xotira va qadrlash kuni

Xotira va qadrlash kuni1

9-may – Xotira va qadrlash kuni

9-may – Xotira va qadrlash kuni, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida erishilgan buyuk g‘alabaning 81 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ham xotira va ehtirom tadbirlari tantanali ravishda o‘tkazilmoqda.

Bugun erta tongdan viloyat hokimi boshchiligida boshchiligida viloyat hokimi o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, davlat va jamoat tashkilotlari rahbar va mas’ullari, mehnat faxriylari, tibbiyot, oliy, o‘rta maxsus, maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari, harbiy qismlar, huquq-tartibot organlari xodimlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, mehnat faxriylari, yoshlar Buxoro shahrida joylashgan Xotira maydoniga yig‘ildi.

Yig‘ilganlar Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘yib, tinchlik uchun, avlodlar kelajagi uchun jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi. Ularning xotirasi yana bir bor ehtirom bilan yodga olindi. Hozir bo‘lganlar tinchlik va osoyishtalik, erkin hayot uchun o‘z hayotini qurbon qilgan mard o‘g‘lonlar xotirasi uchun sukut saqlab, yurakdan chiqqan minnatdorlik tuyg‘usini izhor etdilar.

9-may – Xotira va qadrlash kuni tadbirlari viloyatning barcha shahar va tumanlarida, qishloq va mahallarida, tashkilot, idora va muassasalarida keng nishonlanmoqda.