BuxDTI matbuot xizmati

Abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda1

Abituriyentlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilmoqda

Shu kunlarda yurtimiz bo’ylab “Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida, muhim loyihalar o’tkazib kelinmoqda.

Xabaringiz bor, 14–23 iyul kunlari mamlakatimizdagi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test imtihonlari bo‘lib o‘tadi.

Bugun Buxoro shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari rahbarlari imtihonlar o‘tkaziladigan hududlardagi tayyorgarlik holatini o‘rgandilar.

Tashrif doirasida abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Jumladan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayev imtihon hududlarida bo‘lib, ota-onalar uchun tashkil etilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdi.

🔎 Maqsad — imtihon jarayonlarining adolatli, shaffof va samarali o‘tkazilishini ta’minlash, abituriyentlar va ularning yaqinlariga munosib sharoit yaratishdan iborat.