BuxDTI matbuot xizmati

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti faollar zalida Qorako‘l tumani hokimi Toxirov Xurshid Yaxyoyevich mazkur oliygohda tahsil olayotgan qorako’llik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi1

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro Davlat tibbiyot instituti faollar zalida Qorako‘l tumani hokimi Toxirov Xurshid Yaxyoyevich mazkur oliygohda tahsil olayotgan qorako’llik talabalar bilan uchrashuv o’tkazdi.

Ayni vaqtda mazkur ta’limi dargohida 164 nafar qorako‘llik yigit-qizlar tibbiyot ilmini o‘rganishayapti. Shundan 20 nafari bitiruvchi kurs talabalari bo‘lsa, 4 nafari magistratura va 20 nafari ordenatura bosqichida ta’limni davom ettirishmoqda.

Dastavval, tuman xokimi tomonidan talabalarga Qorako‘l tumanida olib borilayotgan keng ko‘lamli o‘zgarishlar, yangilanishlar haqida batafsil ma’lumot berib o‘tildi.

— Barcha sohalarda malakali kadrlarga ehtiyoj katta, — dedi tuman hokimi. —Belgilangan loyihalarimizni amalga oshirishda yetuk kadrlarning roli katta. Ayni vaqtda Qorako‘l tumanida turli tarmoqlar, ayniqsa, tibbiyot sohasida oliy ma’lumotli kadrlar yetishmovchiligi sezilmoqda. Bugun tuman tibbiyot birlashmasi zamonaviy tibbiyot va operatsion jihozlar bilan to‘liq ta’minlangan. Shu sababli, bizda yetuk bilimga ega mutaxassislarga talab juda yuqori, — deya ta’kidladi Xurshid Toxirov.

Tadbir qizg‘in savol-javob tarzida o‘tdi. Ochiq, samimiy tarzda o‘tgan muloqot davomida tuman hokimi bitiruvchi yoshlarni qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javob qaytardi.

– Ochig‘i, birinchi marta tumanimiz hokimi bilan uchrashuvda ishtirok etdim, – deydi bo‘lajak hashiralardan biri. – Shu bois, ushbu uchrashuvga katta hayajon bilan yetib keldik. Erkin hamda samimiy ruhda o‘tgan suhbat bizni ruhlantirib yubordi. Uchrashuv davomida men hokimimizga hozirgi vaqtda 6-bosqichda tahsil olayotganim, o‘qishni tugatgach tumanimizga bolalar shifokori bo‘lib borish maqsadim borligi bildirganimda, u kishi menga ishonch bildirib, har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

O‘z o‘rnida yoshlar ham ochiq va samimiy ruhda o‘tkazilgan bugungi uchrashuv uchun tuman hokimiga minnatdorchilik bildirib o‘tishdi.