Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti HE Higher Education–2025 reytingida 49-o‘rinni egalladi
26.03.2025 2025-03-26 13:01Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti HE Higher Education–2025 reytingida 49-o‘rinni egalladi
Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti HE Higher Education–2025 reytingida 49-o‘rinni egalladi
Buxoro davlat tibbiyot instituti nufuzli Higher Education–2025 xalqaro reytingida jami 422 ta universitet orasida faxrli 49-o‘ringa ko‘tarildi. Bu natija institut reytingi o‘tgan yilga nisbatan 20 pog‘onaga yuqorilaganini anglatadi. Ta’kidlash joizki, 2024-yilda institut 303 universitet orasida 69-o‘rinni egallagan edi.
HE Higher Education Ranking loyihasi butun dunyo bo‘ylab oliy ta’lim muassasalarini baholashga mo‘ljallangan ilmiy asoslangan, akademik jihatdan aniq va tadqiqotga yo‘naltirilgan reyting tizimidir. An’anaviy reyting tizimlari asosan universitetlarning tarixiy nufuzi va obro‘siga e’tibor qaratgan bo‘lsa, ushbu reyting ta’lim muassasalarining rivojlanish dinamikasi va ta’sirchan natijalariga asoslanadi.
HE Higher Education Ranking nafaqat universitetlarning o‘rnini aniqlaydi, balki ularning o‘sishiga ham ko‘maklashadi. Reyting ta’lim sifati, ilmiy tadqiqotlar, boshqaruv samaradorligi, barqarorlik, ijtimoiy mas’uliyat va innovatsiyalar kabi yo‘nalishlar bo‘yicha universitetlar faoliyatini baholaydi. Bu esa ta’lim muassasalariga o‘z kuchli tomonlarini aniqlash hamda takomillashtirish zarur bo‘lgan yo‘nalishlarni tushunish imkonini beradi.