Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik geografiyasi rivojlangan dunyo mamlakatlari muassasalari bilan kundan kunga rivojlanib bormoqda.
23.10.2023 2023-10-24 13:11Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik geografiyasi rivojlangan dunyo mamlakatlari muassasalari bilan kundan kunga rivojlanib bormoqda.
Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik geografiyasi rivojlangan dunyo mamlakatlari muassasalari bilan kundan kunga rivojlanib bormoqda.
Joriy yilning may oyida rektor Shuhrat Teshayev sentyabr oyida esa prorektor Laziz Niyozov Amerika Qo’shma Shtatlarida safar qilib, ko’plab nufuzli xalqaro universitetlar hamda tibbiyot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatib kelishga muvaffaq bo’lgan edi.
Bugun mazkur shartnoma va kelishuvlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida rektor Sh. Teshayev, Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Laziz Niyozov hamda TSNQ bo’limi boshlig’i S. Davlatov Garvard universiteti vakillari bilan muhim masalalarni muhokama qilishdi.
Jumladan, mazkur universitetda loyiha menejeri vatandoshimiz Nilufar Qahorova hamda professorlar Sarper Tanli va Erik Xoll janoblari bilan onlayn videomuloqot o’tkazildi.
Muzokaralar chog’ida tomonlar ikki tashkilot bilan hamkorlikda yosh olimlar stajirovkasini tashkillashtirish, ilmiy ishlar- ya’ni dissertasiyalar himoyalarini tashkillashtirish, hamda tibbiyot menejerlari-boshqaruvchilar tayyorlash masalasida o’zaro hamkorlik qilishni kelishib olishdi.