BuxDTI matbuot xizmati Fotogalereya Madaniy-ma’rifiy faoliyat Madaniy-ma’rifiy tadbirlar

Abu Ali ibn Sino – tibbiyot javohiri.

photo_2024-08-16_16-32-48

Abu Ali ibn Sino – tibbiyot javohiri.

Buyuk qomusiy olim, tabobat ilmining sultoni Ibn Sino ijodi va ilmiy merosini chuqur o‘rganish, keng targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan ilmiy-amaliy anjuman  boshlandi.

Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida bo‘lib o‘tayotgan anjumanga moderatorlik qilgan “Miliy tiklanish” demokratik partiyasi Buxoro viloyati Kengashi raisi Maxsud Muxammedov ushbu anjumanning ahamiyati, dolzarbligi va Ibn Sinoning tarixiy, madaniy va ilmiy-intellektual merosini asrab-avaylash, boyitish va yanada ko‘paytirishga ko‘maklashish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Anjumanda so‘z olgan Oliy Majlis Senati a’zosi Abera Huseynova, Peshku tuman hokimi Vahob Qahhorov, Buxoro davlat Tibbiyot instituti rektori, professor  Shuhrat Teshaev, tibbiyot instituti professori Shuhrat O‘roqov mashhur tabib, donishmand olim tomonidan   tibbiyotning turli sohalari chuqur o‘rganganilgani hamda uning ilmiy merosi O‘zbekistonda ham, dunyoning boshqa mamlakatlarida ham alohida qiymatga ega bo‘lib, sog‘liqni saqlash rivojiga katta ta’sir ko‘rsatayotganligini alohida ta’kid etishdi.