BuxDTI matbuot xizmati

Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining tashrifi

Xalqaro hamkorlik1

Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining tashrifi

Kuni kecha, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutiga Ahmad Yasaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universitetining Xalqaro hamkorlik departamenti direktori, Umumiy akademik ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi – Furqat Abdujapparovich Dadajanov hamda Klinik diagnostika markazi rahbari – Mehmet Ziyo Gencer tashrif buyurdi.

🔗Tashrifdan asosiy maqsad: ikki tomonlama hamkorlikni yanada kuchaytirish, akademik mobillik doirasida talabalarga dars berish, ikki tomonlama klinikalarning faoliyatini yo’lga qo’yish, operatsiyalarni birgalikda amalga oshirish, birgalikda ilmiy tadqiqotlar o’tkazish hamda kelajakda klinikalar o’rtasida hamkorlik aloqalarini o’rnatish to’g’risida memorandum imzolashga kelishildi. Shu bilan birga mehmonlar akademik mobillik doirasida talabalarga darslar o’tishdi.