Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi
13.02.2025 2025-02-14 9:50Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi

Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi
Joriy yilning 12 fevral sanasida Buxoro davlat tibbiyot institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha muhim seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir Fuqaro muhofazasi institutining katta o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash, aholi va ishchi-xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanish uslublari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar, ularning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda institutning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Fuqaro muhofazasi sohasiga oid nazariy bilimlar amaliyot bilan boyitildi, ishtirokchilarga turli ssenariylar asosida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu tadbir fuqaro muhofazasi va xavfsizlik masalalariga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish, aholining favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish malakalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Tashkilotchilarga va Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislariga minnatdorlik bildirgan holda, bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi jamiyat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish joiz.Aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi bo‘yicha seminar Buxoro davlat tibbiyot institutida o‘tkazildi

Joriy yilning 12 fevral sanasida Buxoro davlat tibbiyot institutida aholini favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish va fuqaro muhofazasi masalalari bo‘yicha muhim seminar tashkil etildi. Ushbu tadbir Fuqaro muhofazasi institutining katta o‘qituvchilari va mutaxassislari tomonidan olib borildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga favqulodda vaziyatlar vaqtida xavfsizlikni ta’minlash, aholi va ishchi-xizmatchilarning to‘g‘ri harakatlanish uslublari haqida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda holatlar, ularning oldini olish va oqibatlarini kamaytirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Tadbirda professor-o‘qituvchilar, ishchi-xodimlar hamda institutning boshqa mas’ul xodimlari ishtirok etdi. Fuqaro muhofazasi sohasiga oid nazariy bilimlar amaliyot bilan boyitildi, ishtirokchilarga turli ssenariylar asosida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi.

Seminar yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi. Ushbu tadbir fuqaro muhofazasi va xavfsizlik masalalariga bo‘lgan e’tiborni yanada oshirish, aholining favqulodda holatlarda to‘g‘ri harakat qilish malakalarini shakllantirishga xizmat qildi.

Tashkilotchilarga va Fuqaro muhofazasi instituti mutaxassislariga minnatdorlik bildirgan holda, bunday tadbirlarning muntazam o‘tkazilishi jamiyat xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tish joiz.

⚡️Favqulodda vaziyatlar o’quv kursining boshqarmasi bo’lim boshlig’i R.Ro’ziyev, Sog’liqni saqlash vazirligi huzuridagi fuqaro muhofazasi institutining malakali mutaxasisslari B. Ziyodullayev, A.Abdunazarovichlar tashrif buyurib, tibbiyot institutida seminar o’tkazishdi.