BuxDTI matbuot xizmati

Akademik mobillik: Buxoro va Qirg‘iziston tibbiyot oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda

Buxoro va Qirg‘iziston1

Akademik mobillik: Buxoro va Qirg‘iziston tibbiyot oliygohlari o‘rtasidagi hamkorlik yangi bosqichda

Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida akademik mobillik dasturi doirasida navbatdagi xalqaro hamkorlik tadbiri o‘tkazildi. Joriy yilning 13–20-aprel kunlari I.K. Axunbayev nomidagi Qirg‘iziston davlat tibbiyot akademiyasi professori, t.f.d. S.M. Mamatov institutning Gematologiya, klinik laborator diagnostika, nefrologiya va gemodializ kafedrasida bo‘ldi.

Tashrif davomida professor tomonidan o‘qilgan ilmiy-amaliy ma’ruzalar talaba va yosh mutaxassislar uchun o‘zaro tajriba almashish maydoniga aylandi. Unda tibbiy ta’lim sifatini oshirishda xalqaro akademik almashinuvning o‘rni va turli ilmiy maktablar yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi.

Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati xabariga ko‘ra, bunday hamkorlik aloqalari nafaqat pedagogik yondashuvlarni boyitishga, balki bitiruvchilarning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.