BuxDTI matbuot xizmati

Akademik mobillik doirasida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda

Akademik mobillik doirasida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda1

Akademik mobillik doirasida xalqaro hamkorlik rivojlanmoqda

📌Joriy yilning 25–30 aprel kunlari akademik mobillik dasturi doirasida TOP-1000 talikka kiruvchi Muhtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti professor-o‘qituvchilari — Qaldigozova Sandug‘ash, Shakenova Maygul, Turebekova Bakitkul, Isabayeva Gulnara hamda Baymurzayeva Karlig‘ash Buxoro davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasiga tashrif buyurdilar.

➡️Tashrif davomida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida pedagogik tajriba almashish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini o‘quv jarayoniga joriy etish, shuningdek, o‘quv qo‘llanmalar, monografiyalar hamda Scopus bazasida indekslanuvchi ilmiy maqolalarni chop etish masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

✅Mazkur uchrashuvlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, ilmiy va pedagogik salohiyatni oshirish hamda ta’lim sifatini yuksaltirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.

Akademik mobillik dasturi asosida TOP-1000 talikka kirgan Ukraina Respublikasi Taras Shevchenko nomidagi milliy universiteti “Pedagogika” kafedrasi professori p.f.d. Beznosyuk Aleksandr Alekseyevich Buxoro davlat tibbiyot instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasida 1-bosqich magistrantlariga jahonning ilgor innovatsion texnologiyalarini o’zida aks ettirgan pedagogik mahorat, yangi pedagogik texnologiyalar fanlaridan seminar-trening o’tkazdi.

Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro qozoq-turk universiteti o‘qituvchilari M.K. Jorabekova va J.A. Junisbaeva Buxoro davlat tibbiyot institutining Ijtimoiy fanlar kafedrasiga akademik mobillik asosida tashrif buyurdilar.