BuxDTI matbuot xizmati

“Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar va multidisiplinar integratsiya”

Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar va multidisiplinar integratsiya1

“Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar va multidisiplinar integratsiya”

Sahid Zarafshon mehmonxonasining anjumanlar zalida professor Mastura Negmatullayevaning 75 yilligiga bag’ishlangan “Akusherlik va ginekologiyada innovatsion yondashuvlar va multidisiplinar integratsiya” mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur nufuzli anjumanda Rossiya Federatsiyasining yetakchi professorlari va soha mutaxassislari ishtirok etib, akusherlik va ginekologiya yo‘nalishida zamonaviy yondashuvlar, ilg‘or diagnostika va davolash usullari, shuningdek, multidisiplinar hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan ma’ruzalar qilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Elmira Basitxonova, viloyat hokimi o‘rinbosari Hafiza Artikova, viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Elyor Oltiyev hamda tibbiyot sohasi vakillari qatnashmoqda.

Anjumanni institut rektori Shuhrat Teshayev ochib berib, mehmonlarni samimiy qutladi hamda bunday xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalar tibbiyot sohasida tajriba almashish, innovatsion yutuqlarni amaliyotga keng joriy etish va malakali kadrlar tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Konferensiya doirasida o‘zaro fikr almashish, ilmiy munozaralar va hamkorlik istiqbollarini belgilash rejalashtirilgan.